locale OZ

«Dinamo» Jahongir O‘rozov bo‘yicha «Rubin» bilan kelishuvga erishdi

O‘rozov “Dinamo” safida uch mavsum davomida 55ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.
“Dinamo” PFK Jahongir O‘rozov bo‘yicha “Rubin” bilan kelishuvga erishdi
Фото: ЎФА

“Dinamo” yozgi transfer oynasida jamoa himoyachisi Jahongir O‘rozovning transferi bo‘yicha Rossiyaning “Rubin” klubi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qiladi.

“Dinamo” futbol klubi hamda “Rubin” jamoasi o‘rtasida tuzilgan kelishuvga binoan, 22 yoshli Jahongir O‘rozov Qozon klubiga sotib olish sharti bilan 2026 yil yakunigacha ijaraga berildi. Markaziy himoyachining “Dinamo” PFK bilan shartnomasi esa 2027 yil yakunigacha belgilangan.

O‘rozov 2024 yilda “Dinamo” safiga qo‘shilib, o‘tgan uch mavsum davomida 55ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan. U Samarqand klubidagi o‘yinlari orqali O‘zbekiston milliy jamoasiga chaqiruv olib, JCH-2026da Kolumbiya va Kongoga qarshi bahslarda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting