locale OZ

Davide Anchelotti «Lill» bosh murabbiyiga aylanadi

U Braziliyaning "Botafogo" klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Davide Anchelotti «Lill» bosh murabbiyiga aylanadi
ФОТО: Getty images

Davide Anchelotti Fransiyaning "Lill" klubi yangi bosh murabbiyi bo‘ladi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishib bo‘lishgan. Endi faqat klubning amaldagi murabbiyi Bruno Jenezio ketgani haqidagi rasmiy bayonotni kutish qoldi.

Ma'lumot uchun, Karlo Anchelottining o‘g‘li 2021 yildan 2025 yilgacha "Real"da otasiga yordamchi murabbiylik qilgan edi.

Shundan so‘ng u Braziliyaning "Botafogo" klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan.

"Lill" yakunlangan mavsumni Fransiya chempionatida "PSJ" va "Lens"dan keyin uchinchi o‘rinda yakunladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting