locale OZ

Davide Anchelotti — «Lill» bosh murabbiyi

36 yoshli italiyalik mutaxassis Fransiya jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Davide Anchelotti — «Lill» bosh murabbiyi
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti "Lill" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bir qator klublar va milliy terma jamoalarda ishlagan 36 yoshli italiyalik mutaxassis Fransiya jamoasi bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

"Men juda faxrlanaman, baxtiyorman va prezident Olivier Letangga ishonch hamda taqdim etilgan imkoniyat uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz ko‘p muloqot qildik va men haqiqiy aloqani, umumiy g‘oyalar va qadriyatlarni his qildim. "Lill" loyihasi menga juda mos keladi, u aniq o‘ziga xoslikka, yuqori standartlarga va kuchli mehnat axloqiga ega. Bu jiddiy, shon-sharafparast, raqobatbardosh klub bo‘lib, muntazam ravishda Yevropa musobaqalarida ishtirok etadi. Bugun "Lill" sharafini himoya qilish men uchun katta sharaf", — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Lill" Liga 1 turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Jamoa UEFA Chempionlar Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting