locale OZ

Cheran «So‘g‘diyona»ga o‘tishga yaqin

Dragan o‘tgan mavsumda 38 ta o‘yinda 11 ta gol urib, 4 ta assist berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Cheran «So‘g‘diyona»ga o‘tishga yaqin
Фото: Насаф ПФК

Yakunlangan mavsumni “Nasaf”da o‘tkazgan hujumchi Dragan Cheran yana Superligada qoladi.

Sports24.uz sayti xabar berishicha, “So‘g‘diyona” klubi 38 yoshli serbiyalik forvardga aloqaga chiqib, muzokara o‘tkazgan.

Katta ehtimol bilan Cheran Jizzax klubiga o‘tishga qaror qilgan va tomonlar shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Agar kelishuv amalga oshsa, 2026 yilda Lyupcho Doriev va Dragan Cheran tandimini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Dragan o‘tgan mavsumda 38 ta o‘yinda 11 ta gol urib, 4 ta assist berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting