locale OZ

«Bunyodkor» «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsni Zominda o‘tkazadi

Klub stadionining chimi bilan bog‘liq muammo hozirgacha yechilgani yo‘q.
«Bunyodkor» «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsni Zominda o‘tkazadi
photo: Bunyodkor FK
O‘zbekiston Superligasi
16.10.2026, 10.00
Bunyodkor
-
So'g'diyona
-

«Bunyodkor» «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsni Zominda o‘tkazadi

Klub stadionining chimi bilan bog‘liq muammo hozirgacha yechilgani yo‘q.

«Bunyodkor» Superliga 24-tur doirasidagi «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsni Zominda o‘tkazadi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

«Bunyodkor» stadionining chimi bilan bog‘liq muammo hozirgacha yechilgani yo‘q. Ayni vaqtda klub uning parvarishini davom ettirmoqda.

Superliga 24-turi doirasida «qaldirg‘ochlar» «So‘g‘diyona» klubini qabul qilishi lozim edi. 16 oktyabr sanasiga belgilangan uchrashuv uchun stadion topishda muammo yuzaga keldi.

Bir kun keyin «Lokomotiv» o‘z stadionida rasmiy uchrashuv o‘tkazishidan kelib chiqib, bu variant yo‘qqa chiqdi. «Jar» va «Olimpiya» stadionlarida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

«Paxtakor» esa Elit Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokidan kelib chiqib, stadion masalasida «Bunyodkor» bilan kelisha olmadi. Olmaliq shahrida «Surxon» o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.

Shundan kelib chiqib, «Bunyodkor» raqibi maydoniga borishga qaror qildi. Bellashuv 16 oktyabr kuni 19:00 da start oladi», — deyiladi xabarda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting