\"Bunyodkor\" legioneri mashg'ulotlarga qaytdi
Photo: Bunyodkor PFC
"Bunyodkor"ning yaponiyalik himoyachisi Itsuki Urata mashg'ulotlarni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mavsum startidan so'ng jiddiy jarohat olib safdan chiqqan legioner futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi. Deyarli ikki oy davomida jarohatini davolatish bilan band bo'lgan Itsuki yakka tartibda shug'ullanishni boshladi.
"Tez orada umumiy guruhga qo'shiladigan Urata yana o'zining supergollari bilan "Bunyodkor"ning g'alabalariga hissa qo'shadi va muxlislarimizni xursand qiladi, degan umiddamiz", - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist