locale OZ

«Barselona»ning qishki transferlar oynasidagi rejalari maʼlum

Hozirda kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona»ning qishki transferlar oynasidagi rejalari maʼlum
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
26.10.2025, Yak.
Real Madrid
2
Barselona
1

Kataloniyaning «Barselona» klubi sport direktori Deko jamoa yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar vaqtida yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayotganini maʼlum qildi.

«Yozgi transferlar oynasida biz xohlagan va imkonimiz yetgan ishlarning barchasini bajardik. Ayrim futbolchilarga safga qaytish uchun vaqt kerak. Shu bois qishki transferlar vaqtida yangi shartnomalar tuzish rejamizda yoʻq», — dedi Deko.

Maʼlumot uchun, hozirda «Barselona» Ispaniya La Ligasining 9-turidan soʻng 22 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda kataloniyaliklarni «Real»ga qarshi oʻyin kutib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting