Bale \"Cardiff\"ni APLga olib chiqmoqchi
Photo: Getty Images
"Real" sobiq hujumchisi Gareth Bale Uelsning "Cardiff" futbol klubini sotib olish istagini tasdiqladi.
"Biz bu haqda gaplashdik, "Cardiff" bilan muloqot o‘rnatishga harakat qildik, kelajakda yangi ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Bu jamoa yuragimga juda yaqin. Klub rivojlanishining bir qismi bo‘lish va uni o‘zi munosib bo‘lgan Premyer-ligaga olib chiqishni istardim. Klub egalari guruhiga qo‘shilish orzuim bo‘lib, bu haqiqatga aylanishi mumkin", – dedi Bale.
Eslatib o‘tamiz, "Cardiff" o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Angliyaning uchinchi ligasiga tushib ketdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist