locale OZ

Asror Aliqulov «Sho‘rtan» bosh murabbiyiga aylandi

Ayni vaqtda g‘uzorliklar 12 ochko bilan so‘nggi 16-o‘rindan joy olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asror Aliqulov «Sho‘rtan» bosh murabbiyiga aylandi
Фото: Шуртан ПФК

Asror Aliqulov “Sho‘rtan” bosh murabbiyligiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Sho‘rtan” futbol klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi. Shu kungacha jamoaning bosh murabbiyi vazifasini bajargan Eldor Moyliyev lavozimidan ozod etildi.

Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, jamoaga bosh murabbiy etib Asror Aliqulov tayinlandi. U bilan shu mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolandi.

Shu bilan birga, Eldor Moyliyev klub murabbiylar shtabida o‘z faoliyatini davom ettiradi. Ayni vaqtda g‘uzorliklar 12 ochko bilan so‘nggi 16-o‘rindan joy olgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting