Asror Aliqulov “Mash’al”dan ketgani yo‘q
Photo: Mashal PFk
Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotgan Muborakning "Mash’al" jamoasida murabbiylar shtabida vaqtincha o‘zgarish yuz berdi.
Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bosh murabbiy Asror Aliqulov jamoa bilan bo‘lmayotgani aytilmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Asror Aliqulov vaqtincha ta’tilga chiqqan. Ta’tilning sababi oilaviy sharoitlar bilan bog‘liq. Uning "Mash’al" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi va klub murabbiyga to‘liq ishonch bildiradi.
Ayni paytda jamoani Otabek Narzullayev ikkinchi davraga tayyorlamoqda", – deyiladi muborakliklar xabarida.
Bahrom Bobonov
Redaktor