locale OZ

Asadbek Jo‘raboyev: O‘tgan o‘yinda imkoniyatni boy berib, muxlislarni ranjitib qo‘ydik

Navbahor futbolchisi Nasaf bilan o'yindan oldin klub matbuotiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asadbek Jo‘raboyev: O‘tgan o‘yinda imkoniyatni boy berib, muxlislarni ranjitib qo‘ydik
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
30.10.2025, Yak.
Navbahor Namangan
0
Nasaf Qarshi
0

O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 21 yoshli mahoratli hujumchisi Asadbek Jo‘raboyev bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bo‘lajak raqibimiz – “Nasaf” amaldagi mamlakat chempioni va joriy mavsumda ham o‘z unvonini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Shuningdek, “Navbahor”ning “ajdarlar”ga qarshi kechadigan uchrashuvlari azaldan keskin va murosasiz kurashlar ostida kechgan. Shu bois, bu safargi bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

O‘tgan o‘yinda imkoniyatni boy berib, muxlislarni ranjitib qo‘ydik. Shu bois, bo‘lajak uchrashuvda ishqibozlarga quvonch ulashish, g‘alaba qozonish niyatida maydonda tushib, buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Muxlislardan esa jamoamizni yolg‘izlatib qo‘ymasliklari, stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Biz esa qo‘ldan kelganicha, ularning ularning ishonchlarini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlarini ta’minlashga harakat qilamiz, - dedi Asadbek Jo‘raboyev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting