locale OZ

Anvar Berdiyev: \"Omad kuchlilarga kulib boqadi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anvar Berdiyev: "Omad kuchlilarga kulib boqadi"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
27.04.2025, Yak.
Paxtakor Toshkent
1
Sho'rtan G'uzor
0

Superliga 7-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" 1:0 “Sho‘rtan” bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi:


"Bugun erta gol o‘tkazib yubordik va futbolchilarimiz go‘yoki charchab qolishgandek ko‘rinishdi. Yagona o‘yin taqdirini hal etdi. "Paxtakor" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman.

Biz o‘z imkon darajamizdan kelib chiqib futbolchilarni taklif etdik. Futbolchilarimizga o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmayotgandek. Futbolchilarimiz hali yosh va keyingi uchrashuvlarda kamchiliklarni to‘g‘rilaymiz. Keyingi uchrashuvlarni Gʻuzorda o‘tkazamiz.

Vaqt kam qolgani uchun futbolchilarimiz shoshib qolishdi. Shaxsan men ham bunday futbol o‘ynashga qarshiman. Ustiga-ustak yigitlar charchab qolishdi ham. Uzun paslar raqib darvozaboniga qulaylik yaratib berdi.

Omad ham kuchlilarga kulib boqadi. O‘tgan turda "Paxtakor" eng kuchli jamoalardan biri "Neftchi"ni safarda yirik hisobda mag‘lub etib keldi. Aytganimdek, futbolchilarimizga biroz ishonch yetishmadi",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting