locale OZ

Anvar Berdiev \"Neftchi\" bilan shartnoma imzoladi

U seleksioner murabbiy sifatida ishlaydi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anvar Berdiev "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi
Photo: FC NEFTCHI

O‘zbekiston futbolining yaqin o‘tmishdagi mohir hujumchilaridan biri Anvar Berdiev "Neftchi" klubida seleksioner murabbiy sifatida ish boshladi.

Anvar To‘xtaevich Berdiev 1978-yil 11-may kuni Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 1994-yilda G‘uzorning "Sho‘rtan" klubida boshlagan. 1997-yildan "Nasaf"da davom ettirgan. 2000-yilda "Neftchi" jamoasiga taklif etilgan Anvar Berdiev o‘zbek futbolida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 2001-yilda futbolchi O‘zbekiston chempioni, 2012-yilda esa chempionatning eng yaxshi to‘purarlari qatoriga kiradi.

2012-yil 29-dekabrda IFFHS faol o‘yinchilar orasida dunyoning eng muvaffaqiyatli top-divizion to‘purarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Anvar Berdiev faoliyati davomida 433 ta o‘yinda ishtirok etib, 205 ta gol urgan holda ro‘yxatda 18-o‘rinni egalladi. 2012-yil 31-dekabrda IFFHS yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi va Anvar Berdiev 240 ta gol bilan 326 nafar futbolchi orasida 296-o‘rinni egalladi.

1998-yil 24-aprelda futbolchi Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Umuman olganda, terma jamoamiz safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirgi kunda 225 ta gol kiritgan Anvar Berdiev O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlaridan biri hisoblanadi.

2019-yilning avgust oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Anvar Berdiev Farg‘onaning "Istiqlol" klubida Sergey Lebedevga yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi. 2023-yildan 2025-yilning may oyigacha "Sho‘rtan" klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting