locale OZ

“An-Nassr” hujumchisi faoliyatini “Fenerbaxche”da davom ettiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“An-Nassr” hujumchisi faoliyatini “Fenerbaxche”da davom ettiradi
FOTO: Getty Images

Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Jon Dyuran faoliyatini Turkiyaning “Fenerbaxche” klubida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar allaqachon kelishuvga erishgan. “An-Nassr” Dyuranni 2026-yilning yoziga qadar ijaraga beradi.

Ma'lumot uchun, Jon Dyuran o'tgan mavsum Saudiya Pro-ligasida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting