locale OZ

“Andijon” Otabek Jo‘raqozievni o‘z safiga qo‘shib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Andijon” Otabek Jo‘raqozievni o‘z safiga qo‘shib oldi
Photo: Andijan PFK

“Andijon” yozgi transfer oynasi chog‘ida iste’dodli hujumchi Otabek Jo‘raqoziev bilan shartnoma imzoladi. Endilikda u mavsum oxirigacha ijara asosida “Burgutlar” safida to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Jo‘raqoziev 2002-yilning 2-aprel sanasida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan.

Faoliyati mobaynida bunga qadar “Bunyodkor farm”, “Olimpik” va “Paxtakor” tarkibida to‘p surgan.

Joriy mavsumning birinchi qismida “Paxtakor” safida 13 ta o‘yinda 3 ta gol urdi. Shuningdek, O‘zbekiston U23 terma jamoasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 6 gol muallifiga aylangan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting