\"Andijon\" Nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
Photo: Getty Images
Yozgi transfer davrida tarkibni kuchaytirish yo‘lida seleksiya ishlarini olib borayotgan "Andijon" jamoasi yana bir yangi futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tanishing: jamoaning yangi hujumchisi – Ismail Akinade!
Ma'lumot uchun, Akinade 1994 yilning 11 fevral sanasida Nigeriyada tavallud topgan. U markaziy hujumchi pozitsiyasida to‘p suradi.
Oxirgi klubi Malayziyaning “Terengganu” jamoasi hisoblanadi.
Hujumchi faoliyati davomida 295 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 80 ta gol urgani va 47 ta golli pasni uzatgani bilan ajralib turadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist