«Andijon» Muhsin Ubaydullaev bilan shartnoma imzolamoqchi
Superliga-2025da Muhsin “Neftchi” safida 27 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Фото: Нефтчи ПФК
“Neftchi” himoyachisi Muhsin Ubaydullaev faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Sports24.uz nashri xabar berishicha, futbolchiga “Andijon” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Burgutlar” markaziy himoyani 31 yoshli futbolchi bilan kuchaytirishni reja qilgan. Ubaydullaev faoliyatini qayerda davom ettirish bo‘yicha hali qarorga kelmagan.
Ma’lumot uchun, Superliga-2025da Muhsin “Neftchi” safida 27 ta o‘yinda ishtirok etdi. Klub bilan mamlakat chempioniga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist