\"Andijon\" Muhammadali Usmonov bilan shartnoma imzoladi
“Andijon” yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibini yangi o'yinchilar bilan to'ldirish va kuchaytirish borasida seleksiya ishlarini faol tarzda olib bormoqda.
“Burgutlar” “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblangan hujumchi Muhammadali Usmonov bilan shartnoma imzolandi.
Ma'lumot uchun, Usmonov 2004 yilning 9 dekabr sanasida Andijonda tavallud topgan. U “Paxtakor”ning U18, U21 va asosiy jamoalarigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan. Joriy mavsumning birinchi qismida “Paxtakor” safida Superliga va O'zbekiston Kubogida 2 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifi bo'ldi.
Ta'kidlash kerakki, bosh murabbiy Maksim Shatskix o'z vaqtida “Paxtakor”da ishlagan chog'ida Muhammadali Usmonovni kashf qilgan.
“Umid qilamizki, iqtidorli hujumkor yarim himoyachi “Andijon”da o'zining ajoyib o'yinlari va gollari bilan muxlislarimizni xursand qiladi. Muhammadali, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan”, - deyiladi klub xabarida.