locale OZ

\"Andijon\" kichik ta'tilga chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Andijon" kichik ta'tilga chiqdi
"Andijon" kichik ta'tilga chiqdi

“Andijon” jamoasining Superliga 15-turidagi “Bunyodkor”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yini birinchi davradagi so‘nggi bahs bo‘ldi. Shu sababli jamoa a’zolari kichik ta’tilga chiqishdi.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik uchun rejalar ishlab chiqilgan bo‘lib, “Burgutlar” 12 iyuldan yozgi yig‘inga kirishadi. Dastlab futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Ikki kun mobaynida o‘z qarorgohida shug‘ullanuvchi jamoamiz 14 iyuldan 12 kunlik yig‘in uchun Tojikistonga yo‘l oladi.

Shuningdek, 1 iyuldan boshlab yozgi transfer oynasi ochilgan va hozirda tarkibni kuchaytirish borasida yangi futbolchilar bilan qizg‘in muzokaralar olib borilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting