locale OZ

\"Andijon\" jamoasining Tojikistondagi yig‘ini yakuniga yetdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Andijon" jamoasining Tojikistondagi yig‘ini yakuniga yetdi
Photo: Andijan PFK

"Burgutlar" ikkinchi davraga tayyorgarlikni 12 iyuldan boshlashdi va 14 sanadan yozgi yig‘in Tojikistonda davom ettirildi. 26 iyul kuni jamoaning mazkur yig‘ini o‘z nihoyasiga yetdi.

U yerda "Andijon" nazorat uchrashuvlarini ham o‘tkazdi. Avvaliga mahalliy klublar – "Eshxata" (4:2) va "Istaravshan" (3:2) mag‘lubiyatga uchratildi. Jamoa Tojikiston yig‘inini yakunlab, Olmaliqda OKMKga qarshi yopiq tarzdagi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. O‘yin 35 daqiqadan 4 taym davomida bo‘lib o‘tdi. Andijonliklar uchrashuvda yirik 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Burgutlar 29 iyuldan o‘z qarorgohida to‘planadilar.

"Andijon" ikkinchi davrani 3 avgust kuni "Bobur arena"da "Qo‘qon-1912"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ushbu o‘yin soat 19:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting