\"Andijon\" ikki legioneri bilan shartnomani bekor qildi
Jamoada o'zgarishlar boshlandi
Photo: Andijan PFC
“Andijon” klubi ikki nafar xorijlik futbolchisi bilan xayrlashdi.
Klub matbuot xizmatiga ko'ra, mavsum boshida “burgutlar” safiga qo'shilgan Chernogoriyalik himoyachi Miomir Jurichkovich va rossiyalik hujumchi Islam Mashukov bilan tuzilgan shartnomalar ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi.
27 yoshli Jurichkovich “Andijon” safida chempionat va kubok musobaqasida jami 10 ta bahsda maydonga tushdi. 30 yoshli Mashukov esa Superliga, O'zbekiston kubogi va superkubokda jami 13 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist