locale OZ

Ana holos! O’zbek futbolida katta mojaro boshlandi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Ana holos! O’zbek futbolida katta mojaro boshlandi
FOTO: UZPFL

O’zbekistonlik taniqli sport jurnalisti Faxridddin Ro’ziyev o’zining telegram kanalida o’zbek futbolidagi kelishilgan o’yinlar bo’yicha bir nechta postlar chop etdi.

Unda yaqinda Farg’onadagi “Istiqlol” stadionida bo’lib o’tgan “Vodiy derbisi” haqida so’z borgan. Jurnalist “Neftchi” – “Navbahor” (3:2) o’yini haqida quyidagicha fikrlarni bildirdi.

“Nima deb o’ylaysiz, Farg’ona hokimi bilarmikan: u bir necha yildan beri “расход” qilayotgan jamoani derbida “chopish” bo’yicha federatsiyadan qat’iy ko’rsatma bo’lganini?”.

Shuningdek, “Andijon” jamoasining hakamlar tomonidan “so’yib” tashlanayotgani, kelishilgan o’yinlar haqida aniq ma’lumotlarga ega ekanligini bildirib o’tgan.

Qolaversa, Ro’ziyev O’FA rahbariyatini mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevni aldayotganlikda ayblagan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting