Alvares «Real»ga qarshi derbiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Xulian joriy La Liga mavsumida ikkita uchrashuvda ishtirok etdi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya La Ligasi
20.09.2026, 10.15
Atletico Madrid
-
Real Madrid
-
«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi 20-sentabr, yakshanba kuni o‘z maydonida «Real»ga qarshi o‘tkaziladigan derbiga to‘liq tayyor holda yetib borishni istamoqda.
Alvares joriy La Liga mavsumida ikkita uchrashuvda ishtirok etdi, ammo hozircha samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Yettinchi tur oldidan Diego Simeone shogirdlari 13 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. «Real» esa 15 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan.