«Real TV»: «Atletiko» 9 kishi bo‘lib qolishi kerak edi. Sharmandalik! Tebas va Negreyra ligasi!»
«Real TV»: «Atletiko» 9 kishi bo‘lib qolishi kerak edi. Sharmandalik! Tebas va Negreyra ligasi!»
«Qirollik klubi» TVsi derbidagi hakamlikni keskin tanqid qildi.
«Real» klubi televideniyesida «Atletiko»ga qarshi derbida hakamlik qilgan Migel Anxel Ortis Arias keskin tanqid qilindi.
La Liganing 7-turi doirasida «Metropolitano» stadionida o‘tgan bahs «qirollik klubi»ning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
37-daqiqada Jud Bellinghem podkatda Kristian Romeroni yiqitdi. Bosh hakam Migel Anxel Ortis Arias dastlab «Real» yarimhimoyachisiga sariq kartochka ko‘rsatdi, ammo videotakrorni ko‘rib chiqqach, qarorini bekor qildi va sariq kartochkani «Atletiko» himoyachisiga ko‘rsatdi. Chunki argentinalik futbolchi butsasi bilan Judning tizzadan biroz pastroq qismini bosib olgandi.
45-daqiqada esa «Atletiko» havbeki Li Kan In markazdan uzoq bo‘lmagan joyda «Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverdening to‘pig‘i sohasiga butsasining tagi bilan bilan tepgandi. Urugvaylik futbolchi norozi holda o‘rnidan turib, bosh hakam oldiga yugurib bordi, ammo Arias koreyalik futbolchini ogohlantirmadi.
«Romero Jud Bellinghemga nisbatan qoidabuzarlik qildi. Bu — qizil kartochkaga loyiq bo‘lgan yaqqol qoidabuzarlik. Aniq ko‘rinib turibdi. Darslikdagi kabi aniq qizil kartochka. Qanday sharmandalik, qanday sharmandalik...
Nega Romeroga sariq kartochka? Ortis Arias yana kimnidir yo‘q qildi, qanday sharmandalik! Tebas va Negreyra Ligasi.
U kameralar oldida hakam bo‘lishni xohladi. U o‘zining haqiqiy qiyofasini ko‘rsatdi, ya’ni Negreyraga pul to‘lagan jamoaga sadoqatini. Bugun u ikkita aniq qizil kartochkani ko‘rsatmadi. Biz «Atletiko» 10 kishi bo‘lib qolishi kerak, deb hisoblaymiz... Yo‘q! Ular 9 kishi bo‘lib qolishi kerak edi! Chunki Li Kan In ham Valverdega nisbatan qoidabuzarlik qildi», — dedi «Real» klubi televideniyesi boshlovchisi.