Mourinio: «Zaif hakamni tayinlagan qo‘mitani tabriklayman»
Mourinio: «Zaif hakamni tayinlagan qo‘mitani tabriklayman»
«Real» bosh murabbiyi derbidagi mag‘lubiyatdan so‘ng hakamlarning ishidan noroziligini aytdi.
Joze Mourinio La Liga 7-turidan o‘rin olgan «Atletiko» – «Real» bahsida Migel Anxel Ortis Arias boshchiligidagi hakamlar brigadasining ishidan norozi bo‘ldi.
Mehmonlar ikkinchi bo‘lim boshida Din Heysenning maydondan chetlatilishi natijasida bir kishi kam bo‘lib qolishdi. «Matraschilar» esa penaltidan hisobni ochishdi va yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«Hakamga derbida ishlash uchun tajriba yetishmadi. U 41 yoshda. U — faqat kichik o‘yinlarni boshqargan kuchsiz hakam. Bunday tayinlov uchun hakamlar qo‘mitasini tabriklayman.
Ammo senior Truxilioning «Real» bilan bog‘liq tarixi bor. Kubokda, «Jirona» va «Osasuna»ga qarshi o‘yinlarda. Bu — juda boy tarixga ega VAR», — deya «Real» bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi Marca.
Avvalroq «Real» televideniyasi «Atletiko»ning ikki futbolchisi chetlatilmagani yuzasidan norozilik bildirgandi.