locale OZ

Akmal Rustamov: «Jamoani menga ishonib topshirishganidan keyin biz bir oila bo‘ldik»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akmal Rustamov: «Jamoani menga ishonib topshirishganidan keyin biz bir oila bo‘ldik»
Photo: Qizilqum PFK

Superliga 18-turidan o‘rin olgan OKMK – "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ikkinchi davrada zich taqvim bo‘lib qoldi. Shu sababli har uch yoki to‘rt kunda o‘yin o‘tkazyapmiz. Jismoniy holatga ta’sir qilmoqda. Shuning uchun rotatsiya qilishga majbur bo‘ldik. Futbolchilarim maydonda borini berganlari uchun rahmat aytaman. Bugun ham ikkita yoki uchtacha yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik. 'Qizilqum' himoyaviy futbol o‘ynamoqda deb ko‘p gapirishmoqda, men ushbu fikrga qo‘shilmayman. Himoyada o‘ynagan bo‘lsak ham. Bugun raqibdan ko‘ra yaxshiroq va xavfliroq imkoniyatlar yaratdik. Chempionatimiz juda raqobatbardosh. Bugundan boshlab keyingi bahs haqida o‘ylashimiz kerak. Xorazmgacha masofa ancha uzoq. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, 'Xorazm'ga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Zich taqvimga qaramay 'Qizilqum' sizning qo‘l ostingizda hali mag‘lubiyatga uchramadi. Buning siri nimada?

- Jamoani menga ishonib topshirishganidan keyin biz bir oila bo‘ldik. Bir oila bo‘lib harakat qilyapmiz. Asosiy siri shu", - deya Rustamovning so‘zlaridan keltiradi "Qizilqum" matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting