Abbos G'ulomov: "Buxoroni mag'lubiyatga uchratish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz"


Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” o‘yini arafasida mezbonlar yarim himoyachisi Abbos G‘ulomov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bo‘lajak raqibimiz “Buxoro” himoyada tartibli harakat qiladi va ko‘plab jamoalarga "bosho‘g‘riq" bo‘lmoqda hamda jamoamizga ham munosib qarshilik ko‘rsatishga intiladi.
O‘tgan turda Termizda “Surxon”ga alamli tarzda mag‘lubiyatga uchrab, ishqibozlarni ranjitib qo‘ydik. Shu bois buxoroliklar bilan bo‘ladigan bellashuvda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, muxlislarga quvonch ulashish, zafar quchish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.
Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Biz esa ta'kidlaganimdek, ularning ishonchlarini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlari uchun raqibni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz", — deya 26 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Boshqa sport turlari
Bugun da 15:37

Futbol
Bugun da 13:02

Boshqa sport turlari
Bugun da 12:28