locale OZ

63 yillik tarixga ega to‘qnashuv: \"Dinamo\" - \"Neftchi\" o‘yini oldidan

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
63 yillik tarixga ega to‘qnashuv: "Dinamo" - "Neftchi" o‘yini oldidan
Photo: Dinamo PFK

Superliga 1-davrasining e’tiborli o‘yinlaridan biri bugun Samarqandda bo‘lib o‘tadi. 63 yillik qarama-qarshilik tarixiga ega azaliy raqiblar "Dinamo" va "Neftchi" o‘zaro to‘qnash keladi.

O‘zaro o‘yinlar tarixi
1960 yilda tashkil topgan Samarqand klubi va 1962 yilda tashkil etilgan Farg‘ona jamoasi sobiq Ittifoq chempionatlaridan tashqari, 1992 yildan start olgan O‘zbekiston chempionatlari tarixida o‘zaro 56 marta to‘qnash kelgan.

Superliga va Pro ligadagi natijalar "Neftchi"ning ustunligini ko‘rsatmoqda. Farg‘onaliklar 56 bahsning 38 tasida g‘alaba qozongan. Aksariyat g‘alabalar "Neftchi"ning 26 yillik ustozi Yuriy Sarkisyan davriga to‘g‘ri keladi. 14 uchrashuvda "Dinamo"ning qo‘li baland kelgan. 4 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati ham "Neftchi" foydasiga 98-46. O‘yinlarda "Neftchi" 118 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Dinamo" 46 ochkoga ega bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting