locale OZ

Prevyu. \"Navbahor\" - \"Qo'qon-1912\"

11-turda futbol muxlislari navbatdagi vodiy derbisiga guvoh bo'lishadi
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. "Navbahor" - "Qo'qon-1912"
Photo: Qo'qon 1912 FK

Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi 25-may kuni Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadi.

"Vodiy derbisi" oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

"Qo‘qon-1912" hamda "Navbahor" klublari shu kungacha 34 bor kuch sinashishgan. 8 ta uchrashuvda "Qo‘qon-1912"ning qo‘li baland kelgan. "Navbahor" 18 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 8 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik "lochunlar" tomonida: 63-37. "Navbahor" o‘zaro o‘yinlarda 62 ochkoga ega bo‘lgan, "Qo‘qon-1912" esa 32 ochkoni qo‘lga kiritgan. So‘nggi bor bu jamoalar 2022-yilning 16-avgust kuni to‘qnash kelishgandi. O‘shanda jamoalar 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etishgan.

Ushbu jamoalarning so‘nggi to‘qqizta uchrashuvda qayd etilgan natijalari bilan tanishing:

16.08.2022 Qo‘qon-1912 - Navbahor – 1:1
17.03.2022 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 2:0
27.11.2021 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 2:3
01.08.2021 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:2
03.12.2020 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:1
28.08.2020 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 0:1
01.12.2019 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:1
10.03.2019 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 1:1
31.03.2018 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:0

Boshlanish vaqtlari

"Navbahor" — "Qo‘qon-1912" uchrashuvi 25-may kuni soat 18:45 da start oladi. Uchrashuv Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting