locale OZ

Dushan Miyich: «Biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishga muvaffaq bo‘ldik»

Mavsum yakuniga yetganidan so‘ng Miyich Sports24.uz bilan suhbatlashdik.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dushan Miyich: «Biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishga muvaffaq bo‘ldik»
Фото: Қизилқум ПФК

O‘zbekiston Superligasida mavsum yakuniga yetdi. “Qizilqum” 9-o‘rin bilan marraga yetib keldi. O‘tgan mavsumda “Dinamo”da o‘ynagan Dushan Miyich 2025 yilda “oltin izlanuvchilar” safida harakat qildi. Jamoaning muhim bir qismi sifatida o‘ynadi. Mavsum yakuniga yetganidan so‘ng Miyich Sports24.uz muxbiri bilan suhbatlashdi.

- Dushan, mavsum yakuniga yetdi. Taassurotlar qanday?

- Hammasi yaxshi. Yakunlangan mavsumdan haqiqatdan ham katta taassurotlar oldim. Barcha klublar, stadionlar, infratuzilma yuqori darajaga ko‘tarilganini guvohi bo‘ldik. Chempionat juda kuchli, sifatli va har bir o‘yinini chindan ham oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada o‘tdi. Deyarli hamma jamoaning imkoniyatlari teng ekanligini aytish mumkin. Bunday muhitning bir qismi bo‘lish juda yoqimli edi. 2025 yilgi mavsum har tomonlama qiziqarli va murosasiz kechdi. Bunga hech qanday shubha yo‘q.

- “Qizilqum”ning ishtirokiga qanday baho berasiz?

- Mavsum endi yakuniga yetdi. Biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishga muvaffaq bo‘ldik. Mavsum o‘rtalarida 9 ta o‘yinda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdik. Bizdan talab qilingan hamma narsani bajarganimizdan xursandmiz. O‘ylaymanki, ishtirokimiz yomon bo‘lgani yo‘q.

- Sizningcha, qaysi o‘yin jamoangiz uchun qiyin kechdi?

- Yuqorida aytganimdek, har bir o‘yin o‘ziga xos qiyin kechdi. Birortasini alohida ko‘rsatish qiyin. Chempionat juda teng va jamoalar maksimal fidoyilik, mas’uliyat va intizomni talab qildi. Eng kichik xatolar uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatdi.

- Superliga-2025da qaysi jamoalar ishtiroki sizda yaxshi taassurot qoldirdi?

- Hamma jamoa yaxshi ishtirok etdi. Lekin men uchun eng ko‘p ajralib turgani Vadim Abramov boshqaruvidagi sobiq klubim “Dinamo” edi. Ular ajoyib natijalar qayd etishdi. Natijalari bilan ko‘pchilikni hayratga soldi. Shuningdek, “Neftchi”ni chempionlik unvoni bilan ham tabriklayman. Chempionlik oson kechmadi, ammo yakunda ular g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi. Garchi Navoiyda g‘alaba qozona olmagan bo‘lishsa-da. Chunki men ularga gol urgandim va durang qayd etandik (kuladi).

- Keyingi rejalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

- Mening rejalari albatta O‘zbekiston bilan bog‘liq. Menda bir nechta variantlarim bor. Klub bilan shartnomam nihoyasiga yetdi. Tez orada faoliyatimni qayerda davom ettirishimni hal qilaman. Ayti shim kerakki, “Qizilqum”da o‘zimni juda zo‘r his qildim va har qanday takliflarga ochiqman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting