locale ЎЗ
OZ - o'zbekcha ЎЗ - ўзбекча

Jahon chempionati: Muhammadqodir Toshtemirov 7-o‘rinni egalladi

Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Muhammadqodir Toshtemirov erkaklar o‘rtasida 95 kg vazn toifasida ishtirok etdi.
Бошқа спорт турлари
Jahon chempionati: Muhammadqodir Toshtemirov 7-o‘rinni egalladi
photo: Og'ir atletika

Jahon chempionati: Muhammadqodir Toshtemirov 7-o‘rinni egalladi

Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Muhammadqodir Toshtemirov erkaklar o‘rtasida 95 kg vazn toifasida ishtirok etdi.

Sportchimiz dast ko‘tarish bahslarida 166 kg og‘irlikni, siltab ko‘tarishda esa 199, 204, 207kg natijani muvaffaqiyatli bajardi.

Yakunda ikki kurash natijasiga ko‘ra 373 kg jamg‘argan Muhammadqodir jahon chempionatini 7-o‘rin bilan yakunladi.

Mazkur musobaqa Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Jahon chempionatidagi natija sportchimizning Olimpiada saralash reytingi uchun muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.

Mazkur vazn toifasida kuchli uchlik:

1-o'rin. Nasar Karlos (Balgariya) - 415 kg

2-o'rin. Adiletuly Nurgissa (Qozog’iston) - 399 kg

3-o'rin. Alipour Ali (Eron) - 396 kg

Sports24.uz Бизни кузатинг
Асосий воқеаларни кузатиб боринг! Янгиликлар, натижалар ва спортдаги энг ёрқин лаҳзалар. Кузатинг ва энг муҳим воқеалардан хабардор бўлинг!
Изоҳлар
Изоҳ қолдириш учун рўйхатдан ўтинг