«Yuventus» Tudor uchun o‘rinbosar topib qo‘ydi
Turin klubi mashhur murabbiyni olib kelmoqchi.
ФОТО: Getty images
“Yuventus” rahbariyati bosh murabbiy Igor Tudor uchun munosib o‘rinbosar topib qo‘ygan.
Insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, xorvatiyalik mutaxassis vazifasidan ozod etilsa, o‘rniga 60 yoshli Roberto Manchini taklif qilinadi. Klub rahbariyati u bilan muzokara o‘tkazib, og‘zaki kelishuvga ham erishgan.
Hozircha Tudorning mehnatlaridan “zebralar” rahbariyati qoniqish hosil qilmoqda. Shu sababli uning qachon iste’foga chiqishi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Roberto Manchini deyarli bir yildan beri ishsiz. Uning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo‘lgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist