locale OZ

\"Yuventus\" Milik bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" Milik bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images

Polshalik hujumchi Arkadiusz Milik "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Turin klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Milik 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekkan. U 2023 yildan beri "keksa sinyora" safida to'p surmoqda. O'tgan yilning yozida olgan jarohati sabab futbolchi joriy mavsumda birorta o'yinda maydonga tushgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" A Seriya turnir jadvalida 62 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting