locale OZ

«Yuventus» Mareskani jamoaning bo‘lajak murabbiyi sifatida kuzatmoqda

Mareskaning “Chelsi” bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Yuventus” Mareskani jamoaning bo‘lajak murabbiyi sifatida kuzatmoqda
ФОТО: Getty images

“Yuventus” klubi “Chelsi” bosh murabbiyi Enzo Mareskani diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda TeamTalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turinliklar 45 yoshli italiyalikni bo‘lajak murabbiy sifatida ko‘rmoqda. Igor Tudordan so‘ng “Yuventus”ga uni taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Mareskaning “Chelsi” bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

U 2024 yilning yozidan beri “ko‘klar”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 46 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan, 11 ta o‘yinda durang qayd etgan. 17 ta o‘yinda esa mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda “zebralar”ni xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor boshqaryapti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting