locale OZ

«Yuventus» futbolchisining sotuvdan 70-80 mln yevro ishlab olmoqchi

Uning Turin klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" futbolchisining sotuvdan 70-80 mln yevro ishlab olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Yuventus” himoyachisi Bremer turinliklarni tark etishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik 28 yoshli futbolchiga "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Zebralar” ham Bremer bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchining transferidan 70-80 million yevro ishlab olishmoqchi.

Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Bularning barchasi muzokaralarni murakkablashtirishi mumkin.

Joriy mavsumda Bremer barcha turnirlarda 4 ta o‘yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting