locale OZ

“Yuventus” boshqaruviga kim kelishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Yuventus” boshqaruviga kim kelishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Turinning “Yuventus” klubi yozgi transferlar vaqtida “Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konteni jamoa boshqaruviga olib kelmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “zebralar” amaldagi bosh murabbiy Igor Tudor bilan shartnomani uzaytirmaydi. Uning Turin klubi bilan tuzgan bitimi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Avvalroq OAV'da Konte “Napoli”ning transfer siyosatidan nozori ekani va ayni damda A Seriya chempionligini qo'lga kiritishga yaqin turgan klubni tark etishga moyilligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, mavsum davomida “Yuventus” o'tgan yozdan 2025-yilning 23-martigacha “byankoneri” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Tiago Mottani iste'foga chiqargandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting