“Yuventus” bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar nomi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images
Italiyalik mutaxassis Jan Pyero Gasperini “Yuventus” bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Roma” hozirda Gasperini bilan muzokaralarda ko'proq muvaffaqiyatga erishgan. Biroq mutaxassis “Yuventus” foydasiga qaror chiqarishi mumkin. Chunki u bir necha yil davomida turinliklarning yoshlar jamoasida ishlagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da 67 yoshli mutaxassis “Atalanta” tark etishini e'lon qilgandi. U 2016-yildan buyon bergamoliklarni boshqarib kelmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist