locale OZ

Yurgen Kloppning vakili mutaxassisning “Roma”ga tayinlanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Kloppning vakili mutaxassisning “Roma”ga tayinlanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
FOTO: Getty Images

“Liverpul” klubi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppning vakili Mark Kosike germaniyalik mutaxassisning “Roma” boshqaruviga tayinlanishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da mutaxassis 18-may kuni rimliklarning taklifni qabul qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

“Klopp “Roma”ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi haqidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi”, - deya Kosikening so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp murabbiy sifatida ishlagan so'nggi klubi “Liverpul” bo'lib, mersisaydliklarni 2015-yildan 2024-yilgacha boshqargan edi. Mutaxassis 2025-yilning 1-yanvaridan buyon Red Bull'da global yetakchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting