locale OZ

Yurgen Klopp “Roma”ni boshqarishga rozi bo'ldi - La Stampa

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Klopp “Roma”ni boshqarishga rozi bo'ldi - La Stampa
FOTO: Getty Images

“Liverpul” klubi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Roma” bosh murabbiyi lavozimini egallashga qaror qildi. Bu haqda La Stampa nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, germaniyalik mutaxassis 18-may kuni “Roma” yuborgan taklifni qabul qilgan.

Mavsum tugashiga bir tur qolganida Klaudio Ranyeri boshchiligidagi “Roma” A Seriya turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda. Mavsum yakunlangach, Ranyeri rimliklar bosh murabbiyi lavozimini tark etadi.

Eslatib o'tamiz, Yurgen Kloppni so'nggi ish joyi “Liverpul” edi. Murabbiy 2015-yildan 2024-yilgacha mersisaydliklarni boshqargan. 2025-yilning 1-yanvaridan buyon Red Bull'da global yetakchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting