locale OZ

Yildiz maoshi oshirilmasa jamoani tark etmoqchi

Futbolchining o‘zi ham Turin klubida qolsa, maoshi oshirilishini istaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yildiz maoshi oshirilmasa jamoani tark etmoqchi
ФОТО: Getty images

“Yuventus” hujumchisi Kenan Yildizga bir nechta top-klublar qiziqish bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "Yuventus" vingeri xizmatiga "Chelsi", "Arsenal" va "Barselona" klublari qiziqmoqda.

Yozda “Chelsi” klubi Kenan bo‘yicha 67 million yevrolik taklif bilan chiqqan. Biroq Turin klubi bu taklifni rad etgan edi.

Futbolchining o‘zi ham Turin klubida qolsa, maoshi oshirilishini istaydi. Hozirda u yiliga 1,7 million yevro maosh oladi. Turk futbolchisi taxminan 6 million olishni istamoqda. Agar klub maoshini ko‘tarmasa, u jamoasini almashtirmoqchi.

Turkiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifligiga erishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting