Yevropaning uch klubi Taremi uchun kurashmoqda
Photo: Getty Images
“Inter” hujumchisi Mehdi Taremi jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar beradi Sky Sport Italia.
Manbaga ko‘ra, eronlik forvardga Angliyaning ikki jamoasi qiziqmoqda. “Fulhem” va “Nottingem Forest” klublari 32 yoshli Taremini o‘z safida ko‘rishga tayyor. Bundan tashqari, “Beshiktosh” ham Taremini chorlamoqda.
O‘tgan mavsumda futbolchi A Seriyada 26 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 2 golli uzatma amalga oshirdi. Mehdi “neradzurrilar” bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist