locale OZ

Xavi Karlo Anchelottini qo'llab-quvvatladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi Karlo Anchelottini qo'llab-quvvatladi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
11.05.2025, Yak.
Barselona
4
Real Madrid
3

Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes iste'foga chiqarilishi kutilayotgan Karlo Anchelottini qo'llab-quvvatladi.

Eslatib o'tamiz, “Real Madrid” Chempionlar Ligasini tark etdi, ammo La Liga chempionligi uchun kurashni davom ettirmoqda.

“Karlo Anchelottini hozir hamma tanqid qilyapti, biroq u qilgan ishlarni ko'ring. U 10 yil ichida 30 ta chempionlikni qo'lga kiritdi. Lekin hech narsa yutmagandek tanqid qilinmoqda. Bu adolatdan emas”, - deya Xavining so'zlarini keltiradi The Athletic nashri.

Ma'lumot uchun, Karlo Anchelotti “Real Madrid” bilan 2 martadan La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogi, 2 marta klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, 3 martadan Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.

Shuningdek, “Qirollik klubi” italiyalik mutaxassis qo'l ostida qit'alararo kubokda ham zafar quchgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting