locale OZ

Hans-Diter Flik “El-Klasiko” oldidan “Barselona” holati haqida gapirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hans-Diter Flik “El-Klasiko” oldidan “Barselona” holati haqida gapirdi
FОТО: fcbarcelona.com
Ispaniya La Ligasi
11.05.2025, Yak.
Barselona
4
Real Madrid
3

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya La Ligasining 35-turidan o'rin olgan “Real Madrid”ga qarshi o'yin oldidan jamoasining jismoniy va ruhiy holati haqida ma'lumot berdi.

“Biz yaxshi harakat qilyapmiz. Albatta, “Inter”ga qarshi mag'lubiyat biz uchun oson emas, lekin hammasini to'g'ri qabul qilyapmiz.

“Barselona” yaqin ikki hafta ichida nima qilishni rejalashtirayotgani haqida avval ham aytib o'tdim. Oldinda hali to'rtta o'yin bor, jumladan, “El-Klasiko” ham, ularda biz qanchalik yaxshi o'ynay olishimizni ko'rsatishimiz kerak”, - deydi Flik.

Ma'lumot uchun, “Barselona” va “Real Madrid” o'rtasidagi bahs 12-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi. Hozirda kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida 79 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Madridliklar esa 75 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting