La Liga. “Barselona” - “Real Madrid” o'yiniga hakamlar tayinlandi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
11.05.2025, Yak.
Barselona
4
Real Madrid
3
Ispaniya La Ligasining 35-turidan o'rin olgan “Barselona” va “Real Madrid” o'rtasidagi uchrashuvga bosh hakam tayinlandi. Bu haqda RFEF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ushbu muhim bahsni Alexandro Xose Ernandes boshqarib boradi. Bu Ernandes uchun faoliyatidagi to'rtinchi “El-Klasiko” bo'ladi.
U so'nggi bor 2019-yilning dekabr oyida bo'lib o'tgan “Barselona” va “Real Madrid” jamoalari o'rtasidagi o'yinda ishlagan. O'shanda bahs 0:0 hisobida yakunlangan.
Ma'lumot uchun, ayni dam La Liga turnir jadvalida “Barselona” 76 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Real Madrid” esa kataloniyaliklarda 4 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist