Vitaliy Levchenko - Superligada yilning eng yaxshi murabbiyi
U "Neftchi" bilan Superligada chempionlikni qo'lga kiritdi.
Фото: UzPFL
Superliganing 2025 yilgi yakunlari bo'yicha “Yil murabbiyi” nominatsiyasida “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko g'olib deb topildi. Bu haqda O'zbekiston Professional futbol ligasi xabar berdi.
“Yil murabbiyi” mukofoti uchun Levchenkodan tashqari Kamoliddin Tojiyev (“Paxtakor”), Vadim Abramov (“Dinamo”) va Ilyos Zeytullaev (“Bunyodkor”) ham da’vogarlik qilayotgan edi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilgi O'zbekiston Superligasida Farg'onaning “Neftchi” klubi 64 ochko jamg'argan holda o'z tarixida 6-bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist