Vitaliy Levchenko: \"Hisob maydonda yuz bergan voqealarni aks ettirdi\"
Oʻzbekiston kubogi, “E” guruhi, 1-turidan oʻrin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- Oʻyin yuqori bosim ostida oʻtdi. Ikkita kuchli jamoalar. Birinchi boʻlim Fargʻonada boʻlib oʻtgandi, bugun ikkinchi boʻlimni kuzatdik. Bugun muxlislar uchrashuvdan zavq olishdi. Hisob maydonda yuz bergan voqealarni aks ettirdi.
- Bugun Jamshid Iskanderov nisbatan orqaroqda oʻynadi. Bu taktika bilan bogʻliqmidi?
- Raqib shunga majbur qildi. Aslida bunday koʻrsatma boʻlmagandi. Oʻyin shuni taqozo etdi.
- Natija va jamoangiz oʻyinidan qoniqdingizmi?
- Jamoa oʻyinidan qoniqdim. Oʻyin ikkiga boʻlindi: qizil kartochkagacha va chetlatishdan keyingi. Oxirgi daqiqada gʻalabani boy berish istalgan murabbiyga alam qiladi. Gʻalabani saqlab qola olmaganimiz biroz alam qildi.