locale OZ

Vadim Abramov \"Dinamo\"ni tarixiy rekordini yangilay oladimi?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vadim Abramov "Dinamo"ni tarixiy rekordini yangilay oladimi?
PHOTO: Telegram

Samarqandning "Dinamo" klubi 2025 yilgi Superliganing dastlabki 8 ta turida umuman yutqazmadi. Klub mavsumni qachon bunchalik uzun mag‘lubiyatsiz seriya bilan boshlaganini bilasizmi?

Javob: 1999 yilda. Ha, bundan 26 yil avval "Samarqand-Dinamo" deb nomlangan klub Oliy liganing dastlabki 11 ta turida 9 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etgan. O‘sha mavsumda ham chempionatda 16 ta klub ishtirok etgan va "Samarqand" mavsumni 7 ta mag‘lubiyat bilan tugatgan va 5-o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun, 2000 yilda "Samarqand-Dinamo" mavsum o‘rtasida ketma-ket 8 ta uchrashuvda yutqazmagan.

Agar o‘tgan mavsumni ham qo‘shib hisoblasak "Dinamo" Superligada 9 ta o‘yindan buyon yutqazmay kelmoqda. "Dinamo" birinchi davradagi navbatdagi o‘yinlarni "Buxoro", "Qizilqum", "Xorazm" va "Bunyodkor"ga qarshi o‘tkazadi.

Sizningcha Vadim Abramov "Dinamo"ni tarixiy rekordini yangilay oladimi?

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting