locale OZ

UzPFL «Neftchi» klubini ogohlantirdi

Bu haqida PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UzPFL "Neftchi" klubini ogohlantirdi
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaning sentyabr oyi oxiridagi yig‘ilishida “Neftchi” klubining futbolchi Sardor Abdurahimov hamda darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov oldidagi qarzdorliklari mavjudligi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, farg‘onaliklar Abdurahimov oldidagi qarzdorlikni joriy yilning 10 oktyabr sanasiga qadar, Ivankovga to‘lanmay qolgan ish haqini esa joriy yilning 6 oktyabr kunigacha to‘lab berishi belgilangan.

“Klub tomonidan ushbu qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, unga nisbatan moliyaviy jarimalarga qo‘shimcha ravishda og‘irroq sport sanksiyalari qo‘llanilishi yuzasidan ogohlantirildi”, deyiladi UzPFL bayonotida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting