locale OZ

«U tarixdagi eng zo‘ri». Xulian Alvares — Messining dubliga munosabati

Argentina muddatidan oldin pley-offga yo‘l oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“U tarixdagi eng zo‘ri”. Xulian Alvares — Messining dubliga munosabati
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
22.06.2026, Yak.
Argentina
2
Avstriya
0

Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Avstriya ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng dubl muallifi, jamoa sardori Lionel Messining o‘yini haqida fikr bildirdi.

“Ta’sirli. Rostini aytsam, siz aytganingizdek, qo‘shimcha qilishga so‘z yo‘q. Biz buni har kuni ko‘ramiz, u shu yillar davomida o‘zining sehri va iqtidorini namoyish etib kelmoqda. U tarixdagi eng zo‘ri va biz har doim undan zavqlanishga harakat qilamiz”, — deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Alvaresning o‘zi 64-daqiqada Lautaro Martines o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi. Turnir davomida “Atletiko” hujumchisi klub mavsumi yakunida olgan jarohati sababli o‘yinlarni zaxirada boshlayotgandi.

Argentina ikki uchrashuvdan so‘ng olti ochko jamg‘ardi va J guruhida birinchi o‘rin bilan muddatidan oldin pley-offga yo‘l oldi. Argentinaliklar navbatdagi o‘yinini 28 iyun kuni Iordaniya jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting