locale OZ

Messida 35 yoshdan keyin JCHda 12 ta gol. Eng yaqin taʼqibchi yettita golga ortda

Argentinaliklar navbatdagi uchrashuvni 28 iyun kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messida 35 yoshdan keyin JCHda 12 ta gol. Eng yaqin taʼqibchi yettita golga ortda
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
22.06.2026, Yak.
Argentina
2
Avstriya
0

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Avstriyaga qarshi oʻyinda (2:0) dubl qayd etib, navbatdagi rekordni oʻrnatdi. 38 yoshli hujumchi 35 yoshga toʻlganidan soʻng jahon chempionatlarida 12 ta gol urdi, deb xabar bermoqda Opta.

35 yosh va undan katta yoshda sayyora birinchiliklarida gol urgan futbolchilar orasida eng yaqin taʼqibchilar ancha ortda: kamerunlik Roger Milla — beshta gol, fransiyalik Olivier Giroud — toʻrtta.

Argentinaliklar olti ochko jamgʻarib, J guruhida birinchi oʻrin bilan muddatidan avval 1/16 finalga yoʻl oldi. Argentinaliklar navbatdagi uchrashuvni 28 iyun kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting